Nanostrukturali kompozitsion polimer materiallar laboratoriyasi
Laboratoriya yo'nalishi
Ilmiy tadqiqotlar ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
- perovskitlar, polikonyugatsiyalangan polimerlar va alternativ energiya manbalari asosida nanogibrid va polimerli tuzilmalar orqali energiyani konversiyalash jarayonlarini o‘rganish;
- O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan poliolefinlar asosida nanokompozitsion polimer aralashmalarini yaratish.
Ushbu tadqiqotlar zamonaviy energiya texnologiyalarini rivojlantirish va mahalliy polimer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan.
Laboratoriyalar

Nanostrukturali kompozitsion polimer materiallar laboratoriyasi
Bazaviy moliyalashtirish manba’lari asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshirilmoqda.
I yo‘nalish doirasidagi loyiha mavzusi:
«Alternativ energiya manbalari, perovskitlar va polikonyugatsiyalangan polimerlar asosida nanogibrid va polimerli tuzilmalar orqali energiyani konversiyalash jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan fundamental tadqiqotlar».
Ushbu yo‘nalish zamonaviy energiya muammolarini hal etish uchun yuqori samarali, arzon va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar davomida perovskit materiallari va polikonyugatsiyalangan polimerlarning o‘zaro ta’siri, ularning nanogibrid tuzilmadagi holati, shuningdek, ushbu tuzilmalar asosida energiya konversiyasi jarayonlarining fizik-kimyoviy asoslari chuqur o‘rganiladi.
II yo‘nalish mavzusi:
«O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan poliolefinlar asosida nanokompozitsion polimer-polimer aralashmalar materiallarini yaratish (fundamental maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot)».
Mazkur yo‘nalish mahalliy xomashyo asosida yuqori texnologik va mustahkam nanokompozit polimer materiallarini ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotlar orqali poliolefinlarning boshqa polimerlar bilan o‘zaro aralashish xususiyatlari, ularning nanoyordamida mustahkamlanish mexanizmlari, va yakuniy materiallarning struktura-xossalar bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bu esa, yurtimizda mavjud polimer sanoati imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Ashurov Nigmat Rustamovich
Laboratoriya mudiri, Professor

Akhmad Oblakulov
Kichik Ilmiy hodim

Toshmamatov Doston
Tayanch Doktarant

Elshod Olmosovich Khakberdiev
Katta Ilmiy hodim

Berdinazarov Qodirbek
Fan nomzodi

Dusiyorov Nizomiddin
Tayanch Doktarant

Yuqori darajadagi fotoluminesans spektrometri

Glove Box

Spin Coater

Syringe Pump

Slot Die Coater

Solar simulator

IV Test

Electrochemical impedance

Keithley 2000

UV Ozone Cleaner
