O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI INSTITUTI
2027-yil uchun Doktorantura, Tayanch doktorantura va Stajyor-tadqiqotchilik institutiga QABUL E’LON QILADI!
Qabul yo‘nalishlari:
-
01.04.06 – Polimerlar fizikasi
-
02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar
-
02.00.05 – Sellyuloza va sellyuloza qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi
Qabul kvotalari:
| Yo‘nalish nomi | Tayanch doktorantura | Stajyor-tadqiqotchilik |
| Polimerlar fizikasi | 1 | 1 |
| Yuqori molekulyar birikmalar | 3 | 1 |
| Sellyuloza va sellyuloza qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi | 3 | 1 |
| JAMI | 7 | 3 |
Qabul jarayoni bosqichlari:
-
Hujjatlarni topshirish: 2026-yilning 15-sentabridan 15-oktabrgacha Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
-
Kirish imtihonlari: Doktoranturaga kirish imtihonlari 2026-yilning 1–25-noyabr oralig‘ida o‘tkaziladi.
-
Mutaxassislik imtihoni: Tayanch doktoranturaga kiruvchilar mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar.
-
Ilmiy mavzu taqdimoti: Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklarga kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi.
-
Suhbat: Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturaga kiruvchi nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Talabgorlar uchun qo‘yiladigan talablar:
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar uchun:
-
Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilganiga olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish.
-
Muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilish mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferensiyalarda tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ikkita ma’ruza-tezisga ega bo‘lish.
-
Xorijiy tillardan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lish.
-
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar uchun:
-
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar.
-
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan olinganidan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilish mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
-
Xorijiy til bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lish.
-
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
-
Veb-sayt: www.polchemphys.uz
-
Telefon: (+998) 71 241-85-94