main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

Interpolielektrolit komplekslar va metallopolimerlar laboratoriyasi

Interpolielektrolit komplekslar va metallopolimerlar laboratoriyasi

Interpolielektrolit komplekslar va metallopolimerlar laboratoriyasi


Interpolielektrolit komplekslar va metallopolimerlar laboratoriyasi 2020-йил PQ-4805, 5-ilova, 43-band Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan tashkil qilingan. Laboratoriyada ikki xil yo’nalishda ilmiy ishlar olib boriladi. -interpolielektrolit komplekslar, xelatlar, xususan, nanostrukturali polimer-metall tizimlarni olishning fundamental va termodinamik tamoyillarini o‘rganish, “sintez-tuzilma-xossa” bog‘liqligini aniqlash.

Ushbu tadqiqotlar asosida turli maqsadlar uchun toksik bo'lmagan, biologik parchalanadigan bioaktiv preparatlarni yaratish; - рolisaxaridlar va poliamfolitlar asosida binar va koʼp komponentli interpolielektrolit komplekslar olinishi, xossalari va ishlatilishi, xususan, xitozan Bombyx mori va polianionlar asosida interpolielektrolit komplekslarning sintezi, tuzilishi hamda xossalarini o`rganish; - yangi manbalardan, sanoat chiqindilaridan polimerlarni ajratib olish va ularning hosilalarini sintez qilish.

ilmiy ishlar: I. «Kuprumxit» fungitsidining polimer preparativ formasi uchun «O`ZSTANDART» agentligi standartlar instituti 112/0011400 son bilan «17» 05 2021 yilda davlat roʼyxatiga olingan. II. «Polibutilmetakrilat» preparat shakli arxeologik va paleontologik obʼektlarni restavratsiya kilish amaliyotida obʼektlarga ishlov berish yoki gilli, suyakli, qamishli va boshqa materiallarni yelimlash maqsadida qoʼllash uchun «O`ZSTANDART» agentligi standartlar instituti 25261 28 5-07:201 son bilan «11» 09 2021 yilda davlat roʼyxatiga olingan. III. Bombyx mori xitozani va gidroksiapatit asosida olingan nanokompozit Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʼshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʼyicha davlat ilmiy markazidan Parrandalarning organizmida kalsiy-fosfor balansini yaxshilash, parrandalar osteoporozi va osteomalyatsiyasining oldini olish hamda davolash uchun kukun shaklidagi «Nanoapatit» (“Nanoapatit”) ozuqa qoʼshimchasi VP-001993-24. Raqami bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan. -«Археологик объектларни консервация ва реставрация қилиш учун полибутилметакрилат эритмаларини олиш технологиясини ишлаб чиқиш ва ўзлаштириш» (2017-2018 йй.) инновацион лойиҳаси. -ПЗ-202012254 «Хитозан металлокомплекслари асосида паррандалар остеопороз ва остеомаляция касаллигининг олдини олиш ва даволаш учун препаратлар олиш технологиясини ишлаб чиқиш» (2022-2024 йй.) инновацион лойиҳа.