main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

Polimerlanishni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari

Polimerlanishni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari

Polimerlanishni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari


Laboratoriya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi 4805-sonli qarori 5-ilova, 43-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Biologik faol polimerlar bo'limining funksional strukturasi tarkibiga kiradi.

Laboratoriyadagi tadqiqotlar quyidagi yo'nalishlarda olib borilmoqda: Akril monomerlarning sanoatda ishlab chiqariladigan poliolefin polimerlariga, shu jumladan quyimolekulyar polietilenga payvand sopolimerlanishi. Payvandlangan monomerning tabiati, payvanlanish darajasi va samaradorligi o'rtasida korrelyatsion bog'liqlikni o'rnatish. Radikal polimerlanish jarayonida akril monomerlarining makromolekulalari strukturing boshqarishning yangi yo`nishlarini o'rganish. Tikuvchi agentlar ishtirokisiz to'g'ridan-to'g'ri polimerlanish jarayonida polimerning uch o'lchamli strukturasini shakllantirish sharoitlarini aniqlash va makromolekulalarning strukturasini boshqaruvchi rolini belgilash.

Ilmiy yo'nalish: Radikal polimerlanishda makromolekulalarning tuzilishi va strukturasini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari. Murakkab tuzilishli makromolekulalar: chiziqli, payvand, tarmoqlangan va uch o'lchamli strukturali, blok gradient sopolimerlarni sintez qilish usullarini ishlab chiqish.

Laboratoriya quyidagi loyihalarda ishtirok etadi: IL 4821091571 raqamli “Polisaxaridlar va poliakrilatlar asosida gibrid polimer superabsorbentlar olishning yangi usullari” fundamental loyiha (2022-2024 yillar). FZ-4721055613 raqamli “Yuqori molekulyar tizimlar asosida nanotolalarni shakllantirishning asosiy jihatlari: sharoitlar, tuzilish shakllanishi, xossalari” fundamental loyiha (2022-2027 yillar). Ilmiy ishlanmalar: IAP 06296 patenti bo'yicha Polietilen asosida superkonsentratlar olish usuli Sho`rtan GKMda joriy etilgan. Mahsulot Sip 3/2021 litsenziya shartnomasi asosida ishlab chiqariladi. Akrilonitrildan akril kislota olish usuli va texnologiyasi hamda u asosida superabsorbentlar olish usuli ishlab chiqilgan. "Navoiyazot" AJ monomerining suvli eritmasidan xomashyo sifatida foydalangan holda sintez qilingan chiziqli poliakrilamid asosida suvda yaxshi eriuvchan noionli flokulyantlarni olish sharoitlari ishlab chiqilgan.