main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz
Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa
17.07.2026

Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa


Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning ishonchiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi illatlardan biridir. Shu bois korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, qonuniylik tamoyillariga qat'iy rioya etish hamda halollik madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, yuksak kasbiy etika va xizmat odob-axloqi me'yorlariga rioya etish borasida tizimli ishlar amalga oshirmoqda. Institutda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Har bir xodimning halol mehnati, mas'uliyatli yondashuvi, xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi korrupsiyasiz muhitni shakllantirishning eng muhim omillaridan biridir.
 

Korrupsiyaga qarshi kurash har bir fuqaroning burchidir. Faqatgina halollik, adolat, shaffoflik va o‘zaro mas'uliyat tamoyillariga amal qilish orqaligina sog‘lom va taraqqiy etgan jamiyatni barpo etish mumkin.