O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh olimlari “INNOWEEK-2024” Xalqaro forumda ishtirok etdilar
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik
15.04.2025

“Gibrid Noorganik-Organik Perovskit Quyosh Xujayralari Bilan Kosmosda Engil, Ba…
27.03.2025

Ishlab chiqarishga integratsiya!
25.02.2025

Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari
10.12.2024

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh olimlari “INNOWEEK-2024” …
21.11.2024

Institut xodimlari taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar
04.11.2024

“Polimer fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilish…
25.10.2024

O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro simpoziumi: Polimerlar haqidagi fanning hozirgi …
23.10.2024

Koreya Kimyoviy Texnologiya Ilmiy Instituti (KRICT) bilan uchrashuv
22.10.2024

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh olimlari “INNOWEEK-2024” Xalqaro forumda ishtirok etdilar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida 2024-yil 15-noyabrda ilm-fan va innovatsiya jarayonlarining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Fan va innovatsiyalar” yosh olimlar xalqaro ilmiy anjumani, “INNOWEEK-2024” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi va “Science and Innovation for a Peaceful and Sustainable Future” Xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum doirasida o‘tkazilgan konferensiyada “Fizika va kimyo yo‘nalishida “Methylcellulose eritmalarida kumush nanozarralarining sintezi va ularning fizik-kimyoviy tahlili” mavzusida** ma’ruza qilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh tadqiqotchisi Mirxolisov Mirafzal faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Mirxolisov Mirafzalning muvaffaqiyati uning ilmiy ishlaridagi yuksak sifatni va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi chuqur bilimlarini namoyon etdi. Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shaholo Turdikulova tomonidan g‘olibga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Mazkur forum ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va yosh olimlarning salohiyatini namoyon etishga katta imkoniyat yaratdi. Bu forumda ishtirok etish yosh olimlarimiz uchun nafaqat ilmiy tajriba almashish, balki global ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratdi.
Sana:21.11.2024