Institutimizda yana bir muhim ilmiy yutuq!
Institutimiz olimlari — professor Ashurov N.R. va 3-kurs tayanch doktoranti Julliyev Z.N. hammuallifligida tayyorlangan ilmiy tadqiqot xalqaro nufuzli yuqori impakt faktorli Nature Communications (IF = 17) jurnalida chop etildi. 🔗 Maqola: https://www.nature.com/articles/s41467-025-65484-7
🔬 Tadqiqot perovskit materiallarining kristallanishiga ta’sir etuvchi qo‘shimchalarning roliga bag‘ishlangan. Ish natijalariga ko‘ra:
-
kristallanish qo‘shimchalari nukleatsiya bosqichiga emas,
-
balki perovskit donlari o‘sishi davomida chegaralar bo‘ylab ionlar harakatlanishini tezlashtirish orqali plyonka sifatiga ta’sir qiladi.
📌 Bu yangilik yuqori samarador perovskit quyosh elementlari texnologiyasini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Tadqiqot materiallar injiniringi va perovskitlar post-ishlov berish jarayonlari uchun yagona ilmiy asos yaratadi.
Institutimiz jamoasini, professor Ashurov N.R. va tayanch doktorant Julliyev Z.N.ni ushbu katta yutuq bilan tabriklaymiz!