main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

Koreya Kimyoviy Texnologiya Ilmiy Instituti (KRICT) bilan uchrashuv

Koreya Kimyoviy Texnologiya Ilmiy Instituti (KRICT) bilan uchrashuv

Koreya Kimyoviy Texnologiya Ilmiy Instituti (KRICT) bilan uchrashuv


    Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan e’lon qilingan tanlovda Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (PKFI) hamda Koreya kimyoviy texnologiyalar instituti (KRICT) olimlari hamkorligida taqdim qilingan “Biomass-based composite fibers for non-woven fabric with electromagnetic interference shielding” xalqaro loyihasi g‘olib deb topildi. Ushbu loyihani amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 2024 yil 17 oktyabrda KRICT vitse-prezidenti Youngmin Choi boshchiligida bir guruh koreya olimlari Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida loyiha hamrahbarlari (prof. Ataxanov A.A. va prof. Saewon Kang) tomonidan loyihada bajarilishi kutilayotgan ilmiy ishlar rejasi taqdimot qilindi. Tashrif davomida koreyalik hamkasblarga Institutda olib borilayoigan ilmiy izlanishlar va Institutning imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi hamda ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishtirildi. KRICT olimlari bilan kelajakda hamkorlikda olib boriladigan yangi qo‘shma loyihalar yo‘nalishlari muhokama qilindi.


Sana:22.10.2024