Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik
15.04.2025

“Gibrid Noorganik-Organik Perovskit Quyosh Xujayralari Bilan Kosmosda Engil, Ba…
27.03.2025

Ishlab chiqarishga integratsiya!
25.02.2025

Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari
10.12.2024

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh olimlari “INNOWEEK-2024” …
21.11.2024

Institut xodimlari taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar
04.11.2024

“Polimer fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilish…
25.10.2024

O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro simpoziumi: Polimerlar haqidagi fanning hozirgi …
23.10.2024

Koreya Kimyoviy Texnologiya Ilmiy Instituti (KRICT) bilan uchrashuv
22.10.2024

Xalqaro hamkorlik
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida bajarilayotgan AL-7523011028 “Elektromagnit ta’sirlardan himoya qilish uchun yaxlit va mikrostrukturali yuqori samaradorlikka ega sendvich shaklidagi termoplastik polimer kompozitlarni ishlab chiqish” mavzusidagi O`zbekiston – Turkiya amaliy loyihasi doirasida ushbu loyihaning Turkiya tomondan rahbari Assoc. Prof. Dr. Hülya KAFTELEN ODABAŞI hamda loyiha ijrochisi Dr. Assist. Prof. Akın ODABAŞI (Firat universiteti), O`z RFA PKFI ga tashrif buyurishdi. Institut direktori, texnika fanlari doktori, professor A. A. Ataxanov mehmonlarni qabul qilib, tashrif rejasi bo`yicha fikr almashishdi.
Tashrif davomida Institutda olib borilayotgan istiqbolli ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish va malaka almashinish rejasi ham ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ilmiy seminarda Assoc. Prof. Dr. Hülya KAFTELEN ODABAŞI Firat universitetida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va O`zbekiston –Turkiya amaliy loyihasi yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar taqdimot qildi.
Chet ellik olimlar Institutda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, o`zaro fikr almashtirishdi, muhokamalarda yosh olimlar faol qatnashishdi.
Tashrif yakunida institut direktori, professor A.A. Ataxanov va Firat universiteti olimlari kelgusidagi ilmiy hamkorlik ishlari bo`yicha munozaralar o`tkazishdi.
Sana:05.06.2025