Xalqaro hamkorlik
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Maqolalar qabuli e’lon qilinadi!
06.01.2026
III Xalqaro ilmiy konferensiya — “Microplastics in Polymer Science” tezislar to…
27.12.2025
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nomin…
19.12.2025
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nomin…
19.12.2025
Institutimizda yana bir muhim ilmiy yutuq!
26.11.2025
“Uzbekistan Journal of Polymers” jurnali OAK tavsiya etgan nashrlar ro‘yxatiga …
13.11.2025
Polimerlar kimyosi va fizikasi insitituti olimlari ko‘zning virusli kasalliklar…
18.08.2025
Xalqaro hamkorlik
05.06.2025
Xalqaro hamkorlik
15.04.2025
Xalqaro hamkorlik
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida bajarilayotgan AL-7523011028 “Elektromagnit ta’sirlardan himoya qilish uchun yaxlit va mikrostrukturali yuqori samaradorlikka ega sendvich shaklidagi termoplastik polimer kompozitlarni ishlab chiqish” mavzusidagi O`zbekiston – Turkiya amaliy loyihasi doirasida ushbu loyihaning Turkiya tomondan rahbari Assoc. Prof. Dr. Hülya KAFTELEN ODABAŞI hamda loyiha ijrochisi Dr. Assist. Prof. Akın ODABAŞI (Firat universiteti), O`z RFA PKFI ga tashrif buyurishdi. Institut direktori, texnika fanlari doktori, professor A. A. Ataxanov mehmonlarni qabul qilib, tashrif rejasi bo`yicha fikr almashishdi.
Tashrif davomida Institutda olib borilayotgan istiqbolli ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish va malaka almashinish rejasi ham ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ilmiy seminarda Assoc. Prof. Dr. Hülya KAFTELEN ODABAŞI Firat universitetida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va O`zbekiston –Turkiya amaliy loyihasi yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar taqdimot qildi.
Chet ellik olimlar Institutda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, o`zaro fikr almashtirishdi, muhokamalarda yosh olimlar faol qatnashishdi.
Tashrif yakunida institut direktori, professor A.A. Ataxanov va Firat universiteti olimlari kelgusidagi ilmiy hamkorlik ishlari bo`yicha munozaralar o`tkazishdi.
Sana:05.06.2025