Institutimizda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi
Bugun institutimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Hashar davomida hovli, ko‘cha va yo‘laklar, laboratoriya xonalari tartibga keltirildi. Shuningdek, daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.
🙏 Ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etgan barcha xodimlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
✨ Birgalikda yurtimizni yanada obod va go‘zal qilamiz!