Xalqaro hamkorlik
Institutimizda yana bir muhim ilmiy yutuq!
“Uzbekistan Journal of Polymers” jurnali OAK tavsiya etgan nashrlar ro‘yxatiga …
13.11.2025
Polimerlar kimyosi va fizikasi insitituti olimlari ko‘zning virusli kasalliklar…
18.08.2025
Xalqaro hamkorlik
05.06.2025
Xalqaro hamkorlik
15.04.2025
“Gibrid Noorganik-Organik Perovskit Quyosh Xujayralari Bilan Kosmosda Engil, Ba…
27.03.2025
Ishlab chiqarishga integratsiya!
25.02.2025
Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari
10.12.2024
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh olimlari “INNOWEEK-2024” …
21.11.2024
Institut xodimlari taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar
04.11.2024
Xalqaro hamkorlik
Xitoy Fanlar akademiyasi Dalian kimyoviy-fizika Institutining (DKFI) bir guruh olimlari - Jia Xiaochen, Li Kuikui, Li Tang va Xie Hongguo joriy yilning 7-11 aprel kunlari o`zaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va tajriba almashish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga rasman tashrif buyurishdi. Institut direktori, texnika fanlari doktori, professor A. A. Ataxanov mehmonlarni qabul qilib, tashrif rejasi bo`yicha fikr almashishdi.

Tashrif davomida Institutda olib borilayotgan istiqbolli ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish va malaka almashinish rejasi ham ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ilmiy seminarda Institutdagi laboratoriyalar va olib borilayotgan izlanishlar, jumladan, tabiiy polimerlar asosidagi biofaol, ekologik xavfsiz preparatlar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, xitoylik professorlar Jia Xiaochen, Li Tang va Xie Hongguo Xitoy Fanlar Akademiyasi DKFI da oligo- va nanopolisaxaridlar hamda ular hosilalarining asosidagi agropreparatlar va ularning ta`sir mexanizmlarini tadqiq etish bo`yicha ma`ruzalari tinglandi. Chet ellik olimlar Institutda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, o`zaro fikr almashtirishdi, muhokamalarda yosh olimlar faol qatnashishdi.

Institut direktori, professor A.A. Ataxanov va Dalian kimyoviy-fizika Instituti Ilm-fan va Texnologiya bo`limi direktori professor Yu Xiao tomonidan ilmiy hamkorlik to`g`risidagi Memorandum imzolandi.
Sana:15.04.2025