main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz
O‘zbekistonlik 31 nafar yosh olimlar ilmiy stajirovka o‘tash uchun Malayziyaga yetib borishdi.
26.03.2026 Yangiliklar

O‘zbekistonlik 31 nafar yosh olimlar ilmiy stajirovka o‘tash uchun Malayziyaga yetib borishdi.


Innovatsion rivojlanish agentligi tanlovi g‘olibi bo‘lgan bir guruh tadqiqotchilar Malayziyaning Sultan Idris ta’lim universitetiga yetib borishdi. Mazkur dastur yashil iqtisodiyot, turizm, aqlli shahar va zamonaviy tadqiqotchilik kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ushbu amaliy tashrif 2025-yilda imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan. Stajirovka davomida yosh olimlar xalqaro ilmiy muhitda zamonaviy metodologiyalarni o‘zlashtirish va xorijiy tajribani mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tadqiqotchilar orasida institutimiz dokto­ranti Gulomjonov Humoyunmirzo ham bor.
Ularga ilmiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar, yangi g‘oyalar va katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Orqaga qaytish