main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

III Xalqaro ilmiy konferensiya — “Microplastics in Polymer Science” tezislar to‘plami chop etildi

III Xalqaro ilmiy konferensiya — “Microplastics in Polymer Science” tezislar to‘plami chop etildi

III Xalqaro ilmiy konferensiya — “Microplastics in Polymer Science” tezislar to‘plami chop etildi


2025-yil oktabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro ilmiy konferensiya — “Microplastics in Polymer Science” doirasida taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar va tadqiqot natijalari asosida konferensiya tezislar to‘plami nashr etildi.

Mazkur tezislar to‘plamida ekologiya, polimer fanlari va mikroplastik muammolariga bag‘ishlangan dolzarb ilmiy izlanishlar jamlangan bo‘lib, unda yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarning ilmiy ishlari o‘rin olgan.

Tezislar to‘plamida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olingan:

  • mikroplastiklarning atrof-muhitga ta’siri va inson salomatligi uchun xavflari;

  • mikroplastiklarni monitoring qilish va identifikatsiyalashning zamonaviy usullari;

  • yangi avlod polimer materiallari va ekologik barqaror yechimlar.

Konferensiyada Rossiya, O‘zbekiston, Italiya, Xitoy, Yaponiya, Mavrikiy va boshqa davlatlardan ishtirok etgan mutaxassislarning ilmiy ishlari tezislar to‘plamidan joy olgan bo‘lib, ular xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur nashr mikroplastik va ekologiya muammolari bo‘yicha global muhokamalar, materialshunoslik va polimer fanidagi zamonaviy yutuqlar hamda innovatsion texnologiyalarning ilmiy asoslarini yoritib beradi.

📘 Konferensiya tezislar to‘plamini yuklab olish uchun:
https://microplastics.ru/wp-content/uploads/2025/12/book-of-abstracts_microplastics-2025.pdf


Sana:27.12.2025