Ishlab chiqarishga integratsiya!
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik
15.04.2025

“Gibrid Noorganik-Organik Perovskit Quyosh Xujayralari Bilan Kosmosda Engil, Ba…
27.03.2025

Ishlab chiqarishga integratsiya!
25.02.2025

Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari
10.12.2024

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yosh olimlari “INNOWEEK-2024” …
21.11.2024

Institut xodimlari taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar
04.11.2024

“Polimer fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilish…
25.10.2024

O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro simpoziumi: Polimerlar haqidagi fanning hozirgi …
23.10.2024

Koreya Kimyoviy Texnologiya Ilmiy Instituti (KRICT) bilan uchrashuv
22.10.2024

Ishlab chiqarishga integratsiya!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti bazasida yiliga 100 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan "Poliardez" polimer shaklli dezinfeksiyalovchi eritma olish texnologiyasi o‘zlashtirildi. Ushbu dezinfeksiyalovchi eritma toksik bo‘lmagan, hidsiz va nanotexnologiyalar asosida yaratilgan. U jamoat binolari, maktablar, bolalar bog‘chalari, jamoat va temir yo‘l transport vositalari, shuningdek, chorvachilik va parrandachilik fermalarini dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, institutda nanotexnologiyalar asosida oyoqdagi zamburug‘li kasalliklarga qarshi bakteritsid paypoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Ushbu paypoqlar oyoq terlashini kamaytiradi, yoqimsiz hidlarning oldini oladi hamda zamburug‘ kasalliklarining rivojlanishiga qarshi samarali himoya ta’minlaydi.
Shuningdek, institut tomonidan farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun yuqori darajada tozalangan Na-KMTS (ASDAFOOD) markalarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi va "Promxim Impex" MCHJ bazasida o‘zlashtirildi.
Bundan tashqari, institutda "Bombyx mori" tabiiy ipak tolali chiqindilari asosida gemo- va enterosorbentlar, almashinadigan va almashinmaydigan aminokislotalar aralashmasi hamda ikkinchi toifa qandli diabetning oldini olishga mo‘ljallangan biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Murojaat uchun:
📍 Manzil: Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘chasi, 7b-uy, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
📞 Telefon: +99871-241-85-94
📱 Mobil: +99890-933-90-48
📧 E-mail: polymer@academy.uz, sarimsakov1948@mail.ru
Sana:25.02.2025