main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi


2025-yil 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Science & Innovation Awards 2025 tantanali marosimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti yetakchi olimi, texnika fanlari doktori, professor Sarimsakov Abdushkur Abduxalilovich “TOP–10 Yil olimi” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirof etildi.

Mazkur nufuzli tanlov Science & Innovation xalqaro ilmiy jurnali tomonidan tashkil etilib, unda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan yetuk olimlarning ilmiy salohiyati, fundamental va amaliy tadqiqotlardagi hissasi, innovatsion ishlanmalari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi asosida baholash amalga oshirildi.

Professor Sarimsakov Abdushkur Abduxalilovichning ushbu yutuqqa sazovor bo‘lishi uning polimer materiallari, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion muhandislik yechimlari sohasidagi ko‘p yillik samarali ilmiy faoliyati, ilmiy maktab yaratishdagi hissasi hamda yosh tadqiqotchilarni tayyorlashdagi xizmatlarining yuksak e’tirofidir.

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat olimning shaxsiy yutug‘i, balki O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajasi va xalqaro miqyosda tan olinayotganini tasdiqlaydi.

Institut jamoasi professor Sarimsakov Abdushkur Abduxalilovichni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi zafarlar tilaydi.


Sana:19.12.2025