Bugun — Vohidova Noira Rahimovnaning tavallud topgan kuni!
“Interpolielektrolit komplekslar va metallopolimerlar” laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor sifatida olib borayotgan samarali ilmiy faoliyatingiz, polimer kimyosi sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangiz va yosh olimlarga berayotgan ustozlik mehringiz tahsinga sazovordir.
👏Sizning ilmiy salohiyatingiz, mehnatsevarligingiz, tashabbuskorligingiz va jamoada tutgan munosib o‘rningiz hamkasblar hamda shogirdlaringiz uchun doimo ibrat namunasi bo‘lib kelmoqda. Ko‘p yillik faoliyatingiz davomida erishgan yutuqlaringiz mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi.
Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan Polimerlar kimyosi va fizika instituti jamoasi Sizni chin qalbdan muborakbod etadi.
🫴Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, qalb quvonchi va ilmiy faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ilm yo‘lidagi sharafli mehnatingiz, ezgu ishlaringiz va ustozlik faoliyatingiz doimo barakali bo‘lsin!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🌷