“Uzbekistan Journal of Polymers” jurnali OAK tavsiya etgan nashrlar ro‘yxatiga kiritildi
🧪 “Uzbekistan Journal of Polymers” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Rayosati qaroriga (2024-yil 7-iyun) muvofiq, tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.
Jurnal quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etiladi:
🔹 Kimyo fanlari — 02.00.00
🔹 Fizika-matematika fanlari — 01.00.00
🔹 Farmatsevtika fanlari — 15.00.00
🔹 Texnika fanlari — 05.00.00
📘 Jurnal polimer va nanopolimer fanlari sohasidagi nazariy, fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalarga bag‘ishlangan bo‘lib, tabiiy va sintetik polimerlar hamda ularning hosilalari kimyosi, fizikasi va texnologiyasi, shuningdek, nanokimyo, nanofizika, nanotexnologiya va polimer-kompozitsion materiallar yo‘nalishlarida ilmiy maqolalarni nashr etadi.
🗞 2025-yil noyabr oyida jurnalning 3-soni chop etildi.
📬 Hozirda dekabr–yanvar oylarida chop etilishi rejalashtirilgan 4-son uchun maqolalar qabul qilinmoqda.
🔗 Batafsil: https://uzpolymerjournal.com/index.php