main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari

Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari

Institut xodimlarining Turkiyaning Firat universitetiga ilmiy xizmat safari


Joriy yilning 01 – 08 dekabr sanalarida AL-7523011028 “Elektromagnit ta‘sirlardan himoya qilish uchun yaxlit va mikrostrukturali yuqori samaradorlikka ega sendvich shaklidagi termoplastik polimer kompozitlarni ishlab chiqish” mavzudagi O‘zbekiston-Turkiya xalqaro ikki tarafli hamkorlik amaliy loyihasi doirasida O‘zR FA PKFI NKPM laboratoyasi katta ilmiy xodimlari, yuqoridagi loyiha rahbari f.-m.f (PhD), katta. i.x. Haqberdiyev Elshod Olmosovich va loyiha ijrochisi f.-m.f (PhD) Berdinazarov Qodirbek Nuridin o‘g‘li Turkiya davlati Firat universitetida ilmiy xizmat safarida bo‘lishdi. Ilmiy xizmat safari ilmiy loyihaning Turkiyadagi kordinatori Doç. Dr. Hülya Kaftelen Odabaşı xonim va loyiha ijrochisi Dr. Akın Odabaşı boshchiligida Firat universiteti muhandislik fakultetida joylashgan ilmiy laboratoriyada tashkil etildi, bunda ilmiy hamkorlar loyihada bajarilgan va kelgusida bajarilish kerak bo‘lgan rejadagi tadqiqot ishlari yuzasidan munozaralar olib borish bilan bir qatorda termoplast poliuritan/nanoto‘ldiruvchilar asosida kompozitlar olish, kumish nanosimlari sintezi jarayonlarida ishtirok etildi.

Slide 1Slide 2

Xizmat safari davrida Firat universiteti rektori Prof. Dr. Fahrettin Göktaş va prorektor Prof. Dr. Mehmet Yılmaz bilan ucharshuv tashkil etildi, uchrashuvda tomonlar O‘zR FA PKFI va Firat universitetlari o‘rtasida kelgusida hamkorlik memorandumini tuzish va ikki tomonlama bajarilayotgan xalqaro qo‘shma loyihaning kelgusi ishlari bilan tanishildi.

Manba:


Sana:10.12.2024