main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz

“Polimer fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi o‘zbek-tojik simpoziumi.

“Polimer fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi o‘zbek-tojik simpoziumi.

“Polimer fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi o‘zbek-tojik simpoziumi.


📢 O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 24-25-oktabr kunlari Toshkent shahrida "Polimerlar fanining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi" mavzusida xalqaro ishtirokdagi O‘zbekiston-Tojikiston simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

Simpozium O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etildi va unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy va Belarus davlatlaridan 80 dan ortiq olimlar oflayn va onlayn formatda ishtirok etdi.

📌 Simpozium tafsilotlari:
🔹 34 ta ilmiy ma’ruza tinglandi, shundan 23 tasi yalpi majlisda, 11 tasi yosh olimlarning og‘zaki taqdimotlaridan iborat bo‘ldi.
🔹 Simpozium ishtirokchilari orasida O‘zbekiston polimer fanining asoschilaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Sayyora Sharafovna Rashidova ham bor edi.

📚 Yetakchi olimlar ishtirok etdi:

Tojikiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi vakillari:

  • Prof. K. Partoyev, prof. Z.K. Muhidinov, Ph.D. Ismoilov I.B.,

  • Fan nomzodi D.T. Bobokalonov (Kimyo instituti).

Qozog‘iston Respublikasi vakillari:

  • Prof. T.K. Djumadilov (Polimerlar sintezi va fizik kimyosi laboratoriyasi),

  • Prof. Nesiphan Abjaparovich Bektenov (Polimer materiallari va texnologiyalari instituti),

  • Ph.D. Guzel Kabiletovna Abilova va Marjan Kushkinbaevna Axmetova (Q. Jubanov nomidagi Aqto‘be viloyat universiteti),

  • Prof. S.E. Kudaibergenov (Qozog‘iston – onlayn).

Rossiya Federatsiyasi vakillari:

  • Prof. Anna Aleksandrovna Efimova (M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti).

Xitoy Xalq Respublikasi vakili:

  • Prof. Guohua Jiang (Chjejiang ilmiy-texnika universiteti, yashil biologik parchalanadigan plastmassa va nanotsellyuloza laboratoriyasi).

Belarus Respublikasi vakili:

  • Dots. Evgeniy Valerievich Grinyuk (BDU Fizika-kimyoviy muammolar ilmiy-tadqiqot instituti, onlayn).

📥 Simpozium materiallarini yuklab olish: To‘plamni yuklab olish


Sana:25.10.2024