main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz
Institutimiz yosh olimi “Future 100” xalqaro stajirovka dasturida ishtirok etmoqda
28.07.2026 Yangiliklar

Institutimiz yosh olimi “Future 100” xalqaro stajirovka dasturida ishtirok etmoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Future 100” xalqaro stajirovka dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti PhD, loyiha rahbari Islom Turdiqulov AQSHning dunyoga mashhur innovatsiyalar markazi — Silikon vodiysida malaka oshirmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar Massachusetts Institute of Technology (MIT), Stanford University, Harvard University, University of California, Berkeley hamda San Francisco State University kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlarida innovatsiyalar, startap ekotizimi, texnologiyalar transferi hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘nalishlarida ilg‘or nazariy bilim va amaliy tajriba orttirmoqda.

Shuningdek, StartX, Silkroad Innovation Hub va Y Combinator ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan seminar va workshoplar davomida ilmiy tadqiqot natijalarini startap loyihalariga aylantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda innovatsion g‘oyalarni muvaffaqiyatli rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuv va ko‘nikmalar o‘zlashtirilmoqda.

Institutimiz yosh olimining mazkur nufuzli xalqaro dasturdagi ishtiroki ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni mamlakatimiz ilm-fani va ishlab chiqarish sohalariga tatbiq etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

👏 Institutimiz yosh olimiga ushbu nufuzli xalqaro stajirovka dasturida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ilmiy yutuqlar va yuksak natijalar tilaymiz!

Orqaga qaytish