O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi
III Xalqaro ilmiy konferensiya — “Microplastics in Polymer Science” tezislar to‘plami chop etildi
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nomin…
19.12.2025
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nomin…
19.12.2025
Institutimizda yana bir muhim ilmiy yutuq!
26.11.2025
“Uzbekistan Journal of Polymers” jurnali OAK tavsiya etgan nashrlar ro‘yxatiga …
13.11.2025
Polimerlar kimyosi va fizikasi insitituti olimlari ko‘zning virusli kasalliklar…
18.08.2025
Xalqaro hamkorlik
05.06.2025
Xalqaro hamkorlik
15.04.2025
“Gibrid Noorganik-Organik Perovskit Quyosh Xujayralari Bilan Kosmosda Engil, Ba…
27.03.2025
Ishlab chiqarishga integratsiya!
25.02.2025
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimi “TOP–10 Yil olimi” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi
2025-yil 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Science & Innovation Awards 2025 taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” nominatsiyasi bo‘yicha TOP–10 yetakchi ilmiy muassasalar ro‘yxatiga kiritildi.
Mazkur nufuzli tanlov Science & Innovation xalqaro ilmiy jurnali tomonidan tashkil etilib, unda respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining fundamental va amaliy izlanishlari, innovatsion ishlanmalari, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi kompleks tarzda baholandi.
Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining ushbu ro‘yxatdan joy olishi institutda olib borilayotgan yuqori saviyadagi ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy polimer materiallari, nanokompozitlar va funksional materiallar sohasidagi ishlanmalar hamda xalqaro ilmiy hamkorlikning samarali rivojlanib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Ushbu e’tirof institut jamoasining fidokorona mehnati, ilmiy salohiyati va innovatsion yondashuvlarining natijasi bo‘lib, kelgusida ilm-fan va texnologiyalar rivojiga yanada katta hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
Institut jamoasini mazkur yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz.
Sana:19.12.2025