Kimyo, fizika va polimer texnologiyasi muammolari, shu jumladan nanofan sohasi bilan shug'ullanadigan yagona ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz. Tashkil etilgan yili – 1979-yilda OʻzSSR FA Polimerlar kimyosi boʻlimi ilmiy-tadqiqot instituti huquqi bilan tashkil etilgan (OʻzSSR Fanlar akademiyasi 1979-yil 23-fevraldagi 27-son qarori va Kengash qarori). O'zSSR vazirligining 1979 yil 11 iyuldagi 479-son). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1981-yil 7-iyuldagi 543-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga aylantirildi.
Polimerlanishni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari
Laboratoriya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi 4805-sonli qarori 5-ilova, 43-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Biologik faol polimerlar bo'limining funksional strukturasi tarkibiga kiradi.
Laboratoriyadagi tadqiqotlar quyidagi yo'nalishlarda olib borilmoqda: Akril monomerlarning sanoatda ishlab chiqariladigan poliolefin polimerlariga, shu jumladan quyimolekulyar polietilenga payvand sopolimerlanishi. Payvandlangan monomerning tabiati, payvanlanish darajasi va samaradorligi o'rtasida korrelyatsion bog'liqlikni o'rnatish. Radikal polimerlanish jarayonida akril monomerlarining makromolekulalari strukturing boshqarishning yangi yo`nishlarini o'rganish. Tikuvchi agentlar ishtirokisiz to'g'ridan-to'g'ri polimerlanish jarayonida polimerning uch o'lchamli strukturasini shakllantirish sharoitlarini aniqlash va makromolekulalarning strukturasini boshqaruvchi rolini belgilash.
Ilmiy yo'nalish: Radikal polimerlanishda makromolekulalarning tuzilishi va strukturasini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari. Murakkab tuzilishli makromolekulalar: chiziqli, payvand, tarmoqlangan va uch o'lchamli strukturali, blok gradient sopolimerlarni sintez qilish usullarini ishlab chiqish.
Laboratoriya quyidagi loyihalarda ishtirok etadi: IL 4821091571 raqamli “Polisaxaridlar va poliakrilatlar asosida gibrid polimer superabsorbentlar olishning yangi usullari” fundamental loyiha (2022-2024 yillar). FZ-4721055613 raqamli “Yuqori molekulyar tizimlar asosida nanotolalarni shakllantirishning asosiy jihatlari: sharoitlar, tuzilish shakllanishi, xossalari” fundamental loyiha (2022-2027 yillar). Ilmiy ishlanmalar: IAP 06296 patenti bo'yicha Polietilen asosida superkonsentratlar olish usuli Sho`rtan GKMda joriy etilgan. Mahsulot Sip 3/2021 litsenziya shartnomasi asosida ishlab chiqariladi. Akrilonitrildan akril kislota olish usuli va texnologiyasi hamda u asosida superabsorbentlar olish usuli ishlab chiqilgan. "Navoiyazot" AJ monomerining suvli eritmasidan xomashyo sifatida foydalangan holda sintez qilingan chiziqli poliakrilamid asosida suvda yaxshi eriuvchan noionli flokulyantlarni olish sharoitlari ishlab chiqilgan.
Nashr ishlari (oxirgi 5 yildagi): 1. Кудышкин В.О., Абрарова З.М.,Рашидова С.Ш. Получение акриловой кислоты из акрилонитрила и синтез суперабсорбентов на ее основе // Химическая технология 2019, Т.20., №2. -C. 59-63. DOI: 10.31044/1684-5811-2019-20-2-59-63 2. Kudyshkin V.O., Bozorov N.I., Ashurov N.Sh., Rashidova S.Sh. Synthesis and Structure of Grafted Copolymers of Acrylic Acid and Low Molecular Weight Polyethylene // Russian Journal of applied Chemistry. 2020. N10., P 1491-1496. DOI 10.1134/S1070427220100031 3. Kudyshkin V.O., Bozorov N.I., Ashurov N.Sh., Ashurov N.R., Rashidova S.Sh. On the Application of Modified Low Molecular Weight Polyethylene in Compositions with Starch // Russian Journal of applied chemistry, -2021, V. 94, №7, -P. 920–926. DOI: 10.1134/S1070427221070119. 4. Kudyshkin V.O., Bozorov N.I., Madiev R.Kh., Ashurov N.Sh., Ashurov N.R., Rashidova S.Sh., Use of a Graft Copolymer of Low Molecular Weight Polyethylene and Acrylic Acid in Carbon Black-Filled Polyethylene Compouns , Russ. J. Appl. Chem. 95 (2022) N 5. P 655–660. DOI: 10.1134/S1070427222050044. 4. Toropov, A.A., Toropova, A.P., Kudyshkin, V.O. The system of self-consistent QSPR-models for refractive index of polymers // Structural Chemistry, 2022, 33(2), P. 617–624 (Scopus: IF=1.795) 5. Kudyshkin V.O., Bozorov N.I., Ashurov N.Sh., Ashurov N.R., Rashidova S.Sh. Structure and properties of compositions of linear low-density polyethylene with starch. Polymers for Advanced Technologies. 2023; -P. 1–5. 2023 John Wiley & Sons Ltd. DOI: 10.1002/pat.6008 (IF=3,348) SCOPUS. базовое 6. Kudyshkin V.O., Toropova A.P. Building Up QSPR for Polymers Endpoints by Using SMILES-Based Optimal Descriptors. Challenges and Advances in Computational Chemistry and Physics Vol 33.\ In Book QSPR/QSAR analysis using SMILES and quasy-SMPLES. Eds by A.P. Toropova, A.A. Toropov.: Springer 2023. P. 167-190 (SCOPUS). 7. Kudyshkin, V.O., Abrarova, Z.M., Bozorov, N.I. et al. Features of Synthesis of Graft Copolymers of Chitosan and Acrylic Acid. Polym. Sci. Ser. B (2024). https://doi.org/10.1134/S1560090424600165 Oʻquv qo`llanma: 1. Rashidova S.Sh., Kudishkin V.O., Usmanova M.M. Yuqori molekulali birikmalar kimyosiga kirish. O‘quv qo‘llanmasi. Toshkent. FAN 2021. 197 b.