O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Yosh olimlar kengashi
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Yosh olimlar kengashi (YOK) O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi yosh olimlar kengashining nizomi asosida tashkil etilgan bo`lib doimiy faoliyat yurituvchi kollegial maslaxat organi bo‘lib, 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, aspirantlar va mutaxassislarning ijodiy salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, tashkiliy ilmiy va texnik muammolarni hal qilishning yangi yo‘llarini izlash, shuningdek ilmiy yoshlarning kasb sohasidagi manfaatlarini ifoda etish va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan.
YOK faoliyatining asosiy maqsadi yosh olimlar ilmiy-ijodiy manfaatlarini himoya qilish, yosh olim va mutahassislarning professional o‘sishi va jamoatchilik ishida faolligini oshirish,YOK uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy muammolar echimini topishda birlashtirish, yosh olimlarning innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, ularning ilmiy natijalarini ommalashtirish hamda yoshlarni ilmiy tadiqiqotlarga jalb etish hisoblanadi.
Yosh olimlar kengashi (YOK)

YOK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
yosh olimlarni ilmiy va jamoat ishlarida, ilmiy va ilmiy-metodik tadbirlarda faol qatnashishga jalb etish;
keng doiradagi yosh olimlarni jalb etgan holda Respublika, xorijiy va xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qilish uchun konferensiya, davra suhbati va ilmiy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
Institut hududidahaftaning “Chorshanba” kuni yosh olimlarning o‘zaro suhbatlarini chet tillarida olib borishni tashkil etish;
Respublika va xorijiy yetuk olimlar, amaliyotchilar va ishlab chiqaruvchlar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
yosh olimlar ilmiy maqolalari va tezislarini Respublika va Xalqaro (Scopus, web of science) ilmiy jurnallar, to‘plamlar va boshqa nashrlarda chop etilishini tashkil etish;
polimerlar kimyosi va vizikasi yo`nalishida yosh olimlarning ilmiy va pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va natijalari haqida axborot almashinishini ta’minlash;
O‘zR FA PKFI Yosh olimlarining ilmiy ishlanmalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish;
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida Laboratoriyalararo yosh olimlarning o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi ilmiy ma’ruzalarni tashkil etish. (dissertatsiya, olingan natijalar, ilmiy maqola, hisobot, stajirovka natijasi va boshqalar)
Institut hududida haftaning “Chorshanba” kuni yosh olimlarning o‘zaro suhbatlarini chet tillarida olib borishni tashkil etish.
Respublika bayramlarini institute jamoatchiligi bilan o‘tkazish va tashkil etishda yosh olimlarning fa’ol qatnashishlarini ta’minlash (Navruz, 8-mart, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni, O‘qituvchilar kuni, Yangi yil bayrami va davlat ramzlari uchun chelenj video rolik yaratish);
polimerlar kimyosi va vizikasi yo`nalishida ilmiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan tajriba almashish mexanizmini joriy etish;
yosh olimlar faoliyatini (hizmat safarlari, konferensiyalarda ishtirok, maqola nashr etish va h.k.) qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy manbalarni (milliy va xorijiy grantlar, homiylik yordami) jalb etish;
yosh olimlar ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lgan o‘quv va ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish;
polimerlar kimyosi va vizikasi yo`nalishida sohasida yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng targ`ib etish va sanoatning turli sohalarida amaliyotga joriy etish;
Yosh olimlar kengashi huzurida ilmiy tadqiqot va ijod bilan shug'ullanadigan yoshlarini birlashtirish uchun "Discussion Club" faoliyatini yo`lga qo`yish;
"Ustoz-shogird" tizimini rivojlantirish;
"XXI asr - intellektual yoshlar asri" ilmiy-nazariy konferentsiyasida xar yili ma`ruzalar bilan qatnashishni ta`minlash;
Yil yakunida Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh olimlarning “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovni tashkil etish.
"Eng yaxshi yosh olim" tanlovini Inatitut miqyosida tashkil etish va saralash;
- yosh olima qizlar va ayollarni ilmiy fa`oliyatlarini qo'llab-quvvatlash.
O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Yosh olimlar kengashi tarkibi
1. Yunusov Xaydar Ergashovich (Kengash raisi)
2. Yo’ldoshov Sherzod Abdullayevich (Ilmiy texnik va ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha rais o’rinbosari)
3. Pirniyazov Qudrat Qadamboyevich (Umumiy ishlar va sport tizimini rivojlantirish hamda salohiyatli yosh kadrlarni yetishtirish bo’yicha rais o’rinbosari)
4. Marasulov Murad Babirovich (Tashkiliy masalalar va yosh olimlarni ma`naviy tarbiyalash va rivojlantirish masalalari bo`yicha rais o`rinbosari)
5. Quziyeva Mahliyo Muxammadiyeva (Yosh olimlair kengashi kotibasi)
6. Xaqberdiyev Elshod Olmosovich (A`zo)
7. Yarmatov Sardorbek Sobirjonovich (A`zo)
8. Mamasoliyev Ulug`bek Maxammatovich (A`zo)
9. Jumartova Ulbozor Ubaydullayevna (A`zo)
Sana: 9-Oktabr, 2024-yil